Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Ota-onalar yig‘ilishi tadbiri

img

Samarqand davlat universiteti amaliy matematika va informatika fakultetida 2017-2018 o’quv yilida qabul qilingan 1-kurs talabalarining ota-onalari yig‘ilishi tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni universitet ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektori A.Eshtayev kirish so‘zi bilan ochdi. Tadbirda fakultet dekani prof.A.Axatov so‘zga chiqib, amaliy matematika va informatika fakulteti tarixi, fakultetni bitirib O‘zbekiston ilm-faniga xizmat qilgan va xizmat qilayotgan fan arboblari, akademiklar, fakultetda shakllangan ilmiy maktablar haqida,fakultet dekaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o’rinbosari A.Boboyorov Ta’lim sohasidagi islohotlar, universitet ichki tartib-qoidalari, talabalar ota-onalarining mas’uliyatlari to‘g‘risida ma’ruza qilishdi.

Tadbirda ota-onalarga oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan yangiliklar to’g’risida batafsil ma’lumot berildi hamda ota-onalarni qiziqtirayotgan savollarga javob berildi.

 

http://samdu.uz/assets1/plugins