Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Litseylarda o‘qish muddati ikki yilga qisqardi

img

2017/2018 o‘quv yilidan boshlab akademik litseylarda o‘qish muddati uch yildan ikki yilga qisqartiriladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining 26 sentyabrdagi «Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjatda keltirilishicha, endilikda akademik litseylarning o‘quv-metodik rahbarligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

2018/2019 o‘quv yilidan OTMlardan uzoq masofada joylashgan va past ta’lim sifatiga ega litseylar hujjatlarni qabul qilishni to‘xtatadi, 2019 yil 1 sentyabrdan esa yopiladi. Yuqori ilmiy va pedagogik salohiyat, yetarli darajadagi moddiy-texnik bazaga ega litseylar oliy ta’lim muassasalari ixtiyoriga o‘tkazildi.

Uzoq hududlardan qabul qilingan o‘quvchilar yotoqxonalarda joylar bilan ta’minlanib, ovqatlanish xarajatlari imtiyozli asosda qisman qoplanadi.

Litseylarga umumta’lim maktablarining nisbatan tayyorgarlik ko‘rgan, qobiliyatli va iqtidorli o‘quvchilari saralab olinadi. Bundan tashqari, OTMlarga kirish uchun kadrlarni maqsadli tayyorlash uchun malakali kadrlar yetishmayotgan hududlardan o‘quvchilarni imtiyozli qabul qilish tartibi amalda bo‘ladi.

manba: gazeta.uz

http://samdu.uz/assets1/plugins