TALABALAR SHAXMAT BO‘YICHA KUCH SINASHDILAR

img

Rus filologiyasi fakultetida talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Aql charxi bahslarida faxrli o‘rinlar uchun kurash qizg‘in kechdi. Birinchi o‘rinni 104-guruh talabasi Damir Amriddinov, ikkinchi o‘rinni 307-guruh talabasi Asomiddin Ahmedov qo‘lga kiritdi. 109-guruh talabasi Akmal Kamolov shohsupaning uchinchi pog‘onasini egalladi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra g‘oliblar diplom va medallar bilan taqdirlandilar.