KURASH MILLIY SPORT TURINI RIVOJLANTIRISH AMALDA

img

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2020 yil 4-noyabrdagi PQ-4881-son qarori hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 8-fevraldagi №87-01-67-son xatining ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand Davlat Universitetida joriy yilning 17-fevral kuni sportning KURASh turi bo’yicha “REKTOR KUBOGI” musobaqasi bo’lib o’tdi. Ushbu sport musobaqasida Erkarlar o’rtasida 7 ta vazn toifasida 80 nafar sportchi talabalar bahs olib borishdilar. Ayollar o’rtasida esa 8 ta vazn toifasida 32 nafar sportchi talaba qizlar bahs olib borishdilar. Musobaqa Universitet rahbariyati tomonidan yuqori saviyada qizg’in va ko’tarinki ro’hda tashkil etildi. Musobaqa g’oliblariga Universitet rahbariyati tomonidan qimmat baho sovg’a-salomlar, diplomlar, faxriy yorliqlar taqdim etildi. Universitet rahbariyati barcha musobaqa ishtirokchilarga kelgusi sport faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.