SAMDUDA SHAXMAT BO’YICHA REKTOR KUBOGI BO’LIB O’TDI

img

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommalashtirish hamda shaxmatchilar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat universitetida joriy yilning 17-18 fevral kunlari shaxmat bo’yicha Rektor kubogi bo’lib o’tdi.                                                                                                                             

Musobaqa natijalariga ko’ra, erkaklar o’rtasida 1-o’rinni matematika fakulteti 3-bosqich talabasi Sunnatov Ulug’bek, 2-o’rinni Tarix fakulteti 1-bosqich talabasi Usmonov Ravshanbek, va nihoyat, 3-o’rinni fizika fakulteti 4-bosqich talabasi Abdullayev Yusuf egalladi.

Ayollar o’rtasida esa jismoniy madaniyat fakulteti 1-bosqich talabasi Usmonova Zebo 1-o’rinni egalladi. Rus filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Burxonova Nilufar 2-o’rinni qo’lga kiritdi. Uchinchi o’rin kimyo fakulteti 1-bosqich talabasi Ne’matjonova Robiyaga nasib etdi.