JISMONIY TARBIYA FANI MASHG’ULOTLARI SPORT TO’GARAKLARI TARZIDA O’TKAZILMOQDA

img

Samarqand davlat universiteti rektori R. Xalmurodov tashabbusi bilan 2020-2021 o’quv yilidan boshlab jismoniy tarbiya fani talabalarga sport to’garaklari tarzida o’tkazila boshlandi.

Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasining 9 nafar professor-o’qituvchilari turli sport to’garaklarga rahbarlik qilib, muntazam ravishda mashg’ulotlar o’tkazib kelmoqda.

Universitet talabalarining sportdagi natijalarini oshirish, ularni musobaqalarga tayyorlash uchun 4 ta sport zalida barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo’lib, ularda sportning 14 turi bo’yicha (o’g’il-qiz) sport to’garaklari tashkil qilingan. Bundan tashqari, 6-son talabalar turar joyida zamonaviy jihozlangan shaxmat, kurash sport zallari hamda professor-o’qituvchilar va ishchi-xodimlar uchun sog’lomlashtirish xonasi faoliyati yo’lga qo’yilgan.