Samarqand davlat universitetida  "Quvnoqlar va zukkolar" koʻrik-tanlovining  fakultetlararo final bosqichi  boʻlib oʻtdi

img

Roppa rosa 1 yillik tanaffusdan so'ng Quvnoqlar va zukkolar yana qaytdi. Ko‘rik tanlovining 2021-yilgi mavsum fakultetlararo final bosqichi bellashuvi universitetda tahsil olayotgan quvnoq talabalarni kashf qilib berdi.

Bugun, Samarqand shahridagi Yoshlar markazida bo'lib o'tgan tanlovda jami 10 ta fakultetning quvnoq talabalari ishtirok etdi.

3 shart doirasida boʻlib oʻtgan bahslarda gʻoliblik Kimyo fakultetining "Dinamit" jamoasiga nasib etgan boʻlsa, 2- va 3- oʻrinlarni Jismoniy madaniyat fakultetining "Scorpion" hamda Pedagogika fakultetining "Milliy" jamoalari egallashdi.

Tadbir yakunida faol qatnashgan jamoalarga esdalik sovg'alari va faxriy yorliqlar topshirildi. Shuningdek, "Eng quvnoq yigit" va "Eng quvnoq qiz" nominatsiyalari ham aniqlanib, egalariga topshirildi.

© Abdulvahob Maxammatov, Otabek Sagdullayev - Filologiya fakulteti talabalari