Universitetning faol, tashabbuskor, shuningdek, boshlang'ich tashkilotning  fakultet kengashi a'zolariga Yoshlar ittifoqi ko'krak nishoni tantanali ravishda topshirilmoqda

img

— Yoshlar ittifoqi tomonidan lider yoshlar sifatida ro'yxatga olingan, jumladan, faollik ko'rsatib kelayotgan 300 nafar yoshlar uchun biz Yoshlar Ittifoqi ko'krak nishonlarini topshirishni rejalashtirganmiz. Albatta, bu nishon talabalarimiz uchun bir ruhlantirish bo'ladi, degan umiddamiz. Chunki ular o'z mehnatlari, qobiliyati, iste’dodi orqali ushbu rag'batga munosib ko'rilmoqda, - deydi universitet yoshlar yetakchisi Allayor Norboyev.
Jumladan, Samarqand davlat universiteti Tarix fakultetida boʻlib oʻtgan Yoshlar ittifoqi faollariga koʻkrak nishonlari topshirish marosimida fakultetning faol talabalari  fakultet yoshlar yetakchisiga, shuningdek, yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosariga o'z talab va takliflarini bildirib, ittifoq berayotgan imkoniyatlar haqida suhbat qurdilar. Yuqori kayfiyatda o'tkazilgan tadbir yakunida talabalarga ko'krak nishonlari topshirildi.
Faollarga Yoshlar ittifoqi koʻkrak nishonlarini topshirish marosimlari universitetning Pedagogika, Filologiya, Matematika, Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakultetlarida ham boʻlib oʻtdi, shuningdek, universitetning barcha fakultetlari boʻylab davom etmoqda...


 

© Otabek Sagdullayev — Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi