Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Geografiya va ekologiya fakultetida «Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!» rukni ostida «Uch avlod uchrashuvi» bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

img

2017 yil 30 sentyabr kuni Geografiya va ekologiya fakulteti faollar zalida 1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar” kuniga bag‘ishlangan «Uch avlod uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Geografiya va ekologiya fakulteti dekani prof. S.B.Abbasov kirish so‘zi bilan ochdi.
Tadbirda mehnat faxriysi geografiya fanlari nomzodi Hoshimova M.K. ishtirok etdi va “Kasbim-faxrim” mavzuida ma’ruza qildi. Tadbir ishtirokchilaridan faxrli kasb egalari - prof A.Abulqosimov, dots. T.Jumaboyev, dots. O.Raxmatullayev va boshqalar o‘zlarining hayot yo‘llari va ilmiy izlanishlari haqida so‘zlab berdilar. Tadbir so‘ngida fakultet talabalari ustozlarga bag‘ishlab bayram dasturini namoyish qildilar

http://samdu.uz/assets1/plugins