Shaxmat bo’yicha dekan kubogi

img

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommalashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi 2021 yil 14 yanvardagi PQ-4954-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 31 mart kuni Samarqand Davlat universiteti fizika fakultetida “Shaxmat bo’yicha fakultet dekani kubogi” o’tkazildi. Musobaqada fizika, matematika, kimyo, maktabgacha ta’lim, boshlang’ich ta’lim, psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakultetlaridan 80 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdilar. Musobaqada yigitlar o’rtasida 1-o’rinni fizika fakulteti 4 bosqich talabasi Abdullayev Yusuf, 2-o’rinni fizika fakulteti 2 bosqich talabasi Sharipov Dilshod, 3-o’rinni maktabgacha ta’lim fakulteti 2-bosqich talabasi Maxmaraximov Jasur qo’lga kiritdi. Qizlar o’rtasida esa 1-o’rinni boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi Suyunova Pokiza, 2-o’rinni maktabgacha ta’lim fakulteti talabasi Bastamova Maxfuza, 3-o’rinni psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti talabasi Akobirova Muhabbatlar qo’lga kiritishdi. G’oliblar fakultet dekanining diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.