Shvesariya davlatining “METTLER TOLEDO” firmasining vakili bilan uchrashuv

img

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiining 2019 yil 20 fevraldagi «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash» hamda  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020 yil 3 dekabr kuni o’tkazilgan ilm-fan va innovasiyani rivojlantirish borasida oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar, tarmoq va hududlar oldidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash, universitetda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini yanada jonlantirish, ularga innovasion ruh berish maqsadida 2021 yilda universitetning byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan ilmiy laboratoriya jihozlari xarid qilish rejalashtirilgan. Shu maqsadda Shvesariya davlatining ilmiy laboratoriya jihozlari ishlab chiqaruvchi “METTLER TOLEDO” firmasining vakili Arsenev Valeriy Vladislavovich bilan Samarqand davlat unuversitetini ilmiy tatqiqot laboratoryalari xodimlari bilan uchrashuv o’tkazildi. Bundan maqsad zamonaviy ilmiy asbob uskunalar olishdan iborat.