Ekologiya va atrof-muhit sohasida xamkorlikda  “Yashil universitet” lar festivali o’tkazildi

img

2021- yil 3 aprel  kuni Samarqand davlat universiteti, Rossiya Xalqlar do’stligi universiteti, V.I. Vernadskiy nomli Xalqaro Ekologik fond va Moskva davlat oblastnoy universiteti, Dubna Universiteti  xamkorligida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida  “Yashil universitetlar”  mavzusida festival bo’lib o’tdi.  Festivalda  Samarqand davlat universiteti  Ekologiya va atrof-muhit  yo’nalishi “Yosh ekolog”  guruhi dos. M. Jurayev rahbarligida Meliboyeva Nozalina, Umarov Mansur, Umarova Salomat, Rashidov Nurbek, Sattorov Dilniyoz va Raxmatullayeva Shirin kabi talabalar faol qatnashdilar.

Festivalda  Ekologik muhit holati, o’simlik va xayvonot olami bioxilma xilligini saqlash, yashil hududlarni tashkil etish, sohasida  olib borilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.                                     

Festivalda Ekologiya  atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida kelgusida qilinadigan ishlar belgilab olindi. 2022 yilda ham “Yashil universitet” lar festivalini o’tkazish rejasi tuzildi.