Biz korrupsiyaga qarshimiz!

img

Bugun Samarqand davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilarga bugungi kunda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarga g‘ov bo‘layotgan korrupsion muammolar haqida lavha namoyish etildi.

Samarqand davlat universitetida bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu jarayonda har birimiz faol bo‘lishimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Korrupsiya jamiyatni ich-ichidan yemiruvchi illatdir. Uning har qanday ko‘rinishiga murosasiz kurashish kerak. Ayniqsa,  bu borada yoshlar oldingi safda bo‘lishi zarur.

Yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashish ruhida tarbiyalash, ularda adolatsizlikka qarshi murosasizlik tuyg‘ularini shakllantirish, nafaqat ta’limda, balki hayotda ham ushbu illatga qarshi turish yuzasidan kelgusidagi ishlar muhokama qilindi.

Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati

Shavkat Akramov olgan suratlar