Raqamli texnologiyalar fakulteti magistrantlarining dissertatsiya himoyalari bo‘lib o‘tdi

img

Raqamli texnologiyalar fakultetini 15 nafar magistrant tugatdi. 10 nafari amaliy matematika va axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha,  5 nafari ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha dissertatsiyalarini himoya qildi. 
Bunyod Eshtemirov, raqamli texnologiyalar fakulteti magistranti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendianti:
- Bugun ikki yillik ilmiy izlanishlarim natijasi ro‘yobga chiqdi.  Universitetimizda ilm yo‘lini tanlaganlar uchun barcha sharoitlar mavjud. Men ham yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, “Gʻovak muhitlarda modda ko‘chishi modellari parametrlarini identifikasiyalash” mavzusida dissertatsiya himoya qildim. Mening ilmiy izlanishim “Eng yaxshi magistrlik dissertatsiya”si deb e’tirof etildi. Bu mavzu bugungi kunda o‘zining dolzarbligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. 

Behruz Shamsiddinov,
SamDU Axborot xizmati xodimi
Shavkat Akramov olgan suratlar