Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Axborot xavfsizligining yangi tendensiyalari o‘rganilmoqda

img

Toshkentda “Aloqa va axborotlashtirish sohasida axborot xavfsizligi. Muammolar va ularni yechish yo‘llari” mavzuida an’anaviy yillik seminar bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgani, ular jamiyat hayotining barcha jabhalariga integratsiya qilinayotgani axborot xavfsizligini ta’minlash hamda iste’molchilarni mavjud kibertahdidlardan himoya qilishga qodir tizim yaratishga ehtiyoj uyg‘otayotgani ta’kidlandi. 

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib xalqaro axborot va kommunikatsiya texnologiyalari xavfsizligi tizimiga qo‘shilgan. Davlatimizda yaratilgan samarali axborot xavfsizligini ta’minlash tizimi, barcha davlat organlarining kibertahdidlarga qarshi kurashishga doir sa’y-harakatlarini batafsil o‘rganish bunga imkon yaratdi. 

Anjumanda davlat axborot xavfsizligi sohasini nazorat qiluvchi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, “Elektron hukumat” tizimini kibertahdidlardan samarali himoya qilish masalalari muhokama etildi, O‘zbekiston davlat organlarining axborot tizimlari va dasturiy komplekslari holatini baholash natijalari taqdim etildi. 

Manba:uza.uz

http://samdu.uz/assets1/plugins