Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Yoshlar diniy ekstremizmga qarshi

img

31 oktyabr kuni Samarqand davlat universiteti Kasbiy ta’lim fakultetida “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Samarqand viloyati bosh imom xatibi o‘rinbosari X. Sattorov ishtirok etib, talaba-yoshlarga islom dini, uning mazmun-mohiyatihaqida ma’lumotlar berdi. Jumladan, bugungi globallashuv sharoitida dinimizni buzib talqin qilish, uni o‘zlariga niqob qilib, jamiyat tinchligiga raxna solishga urinayotgan “qora kuchlar”ning nechog‘lik xavfli ekanligi ta’kidlandi va bularga ko‘plab hayotiy misollar keltirildi.
Shuningdek, davra suhbatida kiyinish madaniyati, o‘z milliy qadriyatlarimizga sodiq qolish haqida bildirilgan fikrlar barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘la javob oldilar.

 

http://samdu.uz/assets1/plugins