Samarqand davlat universitetiga Amerikalik taniqli bibliograf tashrif buyurdi

img

    Samarqand davlat universitetiga Amerikaning Yuta davlat universiteti, bibliografik mutaxassisi Anne Hedrich AQSh ning “Fulbright” dasturi doirasida tashrif buyurdi.   Anne Hedrich 5 oy davomida Samarqand davlat universitetida ilmiy faoliyat olib boradi. Bundan maqsad, zamonaviy kutubxonachilik ishi bo‘yicha xalqaro tajribalarni Samarqand davlat universiteti Axborot resurs markazida  tatbiq qilishdan iborat.

     Bundan tashqari yosh olimlar, magistrant, doktorantlar bilan xalqaro jurnallarda maqolalar chop etish va bioblografik ishlar olib boradi.

Behruz SHAMSIDDINOV, 
Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat AKRAMOV olgan surat