Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari

img

2-noyabr kuni Samarqand davlat universiteti 4-son talabalar turar joyida “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.
“Sog`lom avlod uchun” xayriya jamg`armasining viloyat bo’limi raisi R. Raxmonova, “Oila” ilmiy-amaliy markazi rahbari R. Toshquvvatova, SamDU xotin-qizlar boshlang`ich tashkiloti raisi Sh. To’xliyeva, 4-son TTJ tarbiyachi-pedagoglari G. To`rayeva va M. Po`latovalar ishtirok etgan tadbirda talaba qizlarga “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari”, “Bo’lg’usi kelin-kuyovlar tibbiy ko`rigining ahamiyati”, “Qaynonali kelin qarqara kelin, qaynonasiz kelin tasqara kelin”, “Ma`naviy kamolotga erishishda badiiy asarning o`rni” mavzularida mutaxassislarning qiziqarli ma`ruzalari taqdim etildi.
Davra suhbatida talaba qizlar ham faol qatnashib, o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. E’tiborlisi, bu kabi uchrashuvlar aynan qizlar davrasida, ular yashab turgan joylarida tashkil etilganligi ularning erkin bahs-munozaralarga kirishishlariga imkon berdi. 
Tadbir so`ngida talaba qizlar mehmonlarga qiziqarli ma`ruzalari uchun minnatdor ekanliklarini bildirib, bu kabi davra suhbatlaridan mamnun ekanliklarini ta`kidladilar.

http://samdu.uz/assets1/plugins