Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi PQ-3290-qarori ijrosi amalda

img

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290-qaroriga asosan, qaror mohiyatini ijrochilarga yetkazish va aholi o‘rtasida uning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha Samarqand davlat universitetidan huquqiy-targ‘ibot guruhi tuzildi. 

Ishchi guruh raisi prof. J.Yaxshilikov, rais o‘rinbosari, prof. F.Nabiyev, a’zolari – dots. M.Qo‘ldoshev, A.G‘ulomovlar tomonidan 2017 yil 6-7 noyabr kunlari SamDU akademik litsey o‘qituvchi va o‘quvchilari o‘rtasida davra suhbatlari o‘tkazildi. Tadbir litsey direktori N.Abiyev kirish so‘zi bilan ochildi. Shundan so‘ng, ma’ruzachilar akademik litseylarning samarali faoliyat ko‘rsatishi, ulardagi o‘qitish sifatini ta’minlash hamda ularning moddiy-texnika bazasi yuqori malakali o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlanganligi, ta’lim-tarbiya jarayoni ustidan nazoratning olib borilishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi ko‘rsatkichlarini to‘liq ta’minlash uchun shaxsiy mas’uliyat oliy ta’lim muassasalari zimmasiga yuklatilganligi to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berdilar. Tadbir qatnashuvchilarga katta taassurot qoldirdi. 

PQ-3290-sonli qaror tashviqotini viloyat teleradiokompaniyasi orqali mustaqil ekspertlar, mutaxassislar va aholining fikri hamda munosabatini aks ettiruvchi tahliliy munozara va bahslar ko‘rinishida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

http://samdu.uz/assets1/plugins