Samarqand davlat universiteti muzeylari germaniya va italiyalik talabalarda yaxshi taassurot qoldirdi…

img

      2021-yil 6-25-sentyabr kunlari Samarqand davlat chet tillari institutida Germaniya va Italiyaning nufuzli universitetlari talabalari uchun o‘zbek tili va madaniyatini o‘qitishga qaratilgan “Uzbek Language, Culture and Everyday Life in Samarkand” nomli yozgi kurs tashkil etilgan. 
      Xorijlik talabalar  Samarqand davlat universitetiga ham tashrif buyurdi. Safar chog‘ida ular universitet  muzeylariga sayohat qildi. 
      - Germaniya akademik almashinuvi dasturi (DAAD) doirasida 19 nafar germaniya va italiyalik yoshlar O‘zbekistonga keldik, - deydi Leipzig universiteti talabasi Johannes Gereons. – Samarqand haqidagi  taasurotlarim yanada boyidi. Maqsadimiz o‘zbek tili va madaniyati bilan yaqindan tanishish, o‘rganish. Samarqand haqida ko‘p  eshitganman, o‘qiganman. Amalda ko‘rish ham nasib qildi. Ta’riflanganidek qadimiy, go‘zal, jozibador, betakror shahar. Menga juda ham yoqdi, bu yerda ko‘rgan kechirganlarimni albatta, do‘stlarimga ulashmoqchiman. Samarqand davlat universiteti muzeylariga gap yo‘q. Xuddi bir-necha asrlar ortga qaytganday bo‘ldim. Ayniqsa, zoologiya muzeyida hayratlanarli eksponatlar bor ekan. SamDU ham Samarqandday qadimiy tarixga ega universitetligini bilib oldim.
      - Gamburg universiteti tinchlik tadqiqotlari va xavfsizlik siyosati instituti magistrantiman, - deydi Liza Behrens. -O‘zbekitonga kelishni intiqlik bilan kutgandim. O‘zbek tili, xalqi, madaniyati menga juda yoqdi. Ayniqsa, tarixiy shaharning muqaddas qadamjolari, samarqandliklarning urf-odatlari haqida internet orqali ma’lumotga egaman. Samarqand davlat universiteti muzeylarini ko‘zdan kechirar ekanman, qoyil qoldim. Nomiga monand salohiyat. Ayniqsa, SamDU ning arxeologiya muzeyidagi taasurotlarimni ifodalashga so‘z ojiz.  Bu yerda butun Samarqand tarixi mujassamlashgan. 

Behruz SHAMSIDDINOV,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.