Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Konstitusiya – mening taqdirimda”

img

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 25 yilligi oldidan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Ijtimoiy-iqtisodiyot, Geografiya va ekologiya hamda Rus filologiyasi fakultetlari talabalari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori, M. Tillaboyev,  markazning “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri, professor B. Toshev va boshqalar Bosh qomusimizning yaratilish tarixi, xususan, Konstitusiya loyihasining xalq muhokamasiga qo‘yilishi uning insonparvarlik va adolat prinsiplari, davlat va jamiyat manfaatlari, fuqarolar haq-huquqini ifodalashi kabi tamoyillarni o‘zida mujassam etishiga xizmat qilganini ta’kidladi. Davlat mustaqilligi va suvereniteti, avvalo, uning asosiy qonuni bilan belgilanishi, yangidan qabul qilinadigan huquqiy hujjatlar unga mutanosib kelishi Konstitusiyaning naqadar ahamiyatli ekanini anglatadi.

Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida tashkilotning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish taklifini ilgari surgani davlat va jamiyat rivojlanishida yoshlarning o‘rni naqadar muhim ekanini anglatadi.

Uchrashuvda yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

http://samdu.uz/assets1/plugins