“Prezident granti sohibi bo‘lishim ota-onamning duosi va Yurtboshimiz tashabbusi tufaylidir”

img

      Talaba bo‘lishni maqsad qilgan inson sifatida ta’lim sohasida bo‘layotgan yangilik va o‘zgarishlarni doim kuzatib borar edim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, talabalarga keng imkoniyatlar eshigini ochish bo‘yicha ko‘plab tashabbuslarni ilgari surmoqdalar.

      Prezident grantini joriy etilishi haqida eshitganimda negadir ushbu grant uchun menda ichki bir ovoz bilan harakat boshlangan edi. Bugun davlatimiz rahbari bergan katta ruhlantirish tufayli 186.9 ball bilan Prezident granti sohibi bo‘ldim.

      Prezident granti sohibi bo‘lishim ota-onamning duosi va Yurtboshimiz tashabbusi tufaylidir. Ushbu imkoniyat bugungacha bo‘lmagan, men ushbu grantning ilk qaldirg‘ochlaridan biriman desam, yanglishmayman. Yaratilayotgan barcha yangi imkoniyatlar uchun Prezidentimizga rahmat deyman.

      Samarqand davlat universiteti bilan bir hafta davomida to‘liq tanishdik. Universitetimizda sifatli ta’lim olish uchun juda yaxshi muhit yaratilgan. Barcha imkoniyatlar mavjud. Men o‘z kelajagimni bu universitet bilan bog‘laganimdan xursandman. Kelajakda, albatta, o‘z xalqimga xizmat qiladigan yetuk kadr bo‘laman.

Dilbar Abdullayeva, 
Samarqand davlat universiteti 
filologiya fakulteti talabasi,
Prezident granti sohibi.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.