Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Biz korrupsiyaga qarshimiz

img

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-o‘qituvchilarining Samarqand davlat universiteti Fizika fakulteti talabalari bilan uchrashuvi shunday nomlandi. Tadbirda fizika fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri, professor G‘. Alimov va boshqalar davlat organlari va tashkilotlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi xalqimiz farovonligi, turmush-tarzining yanada yaxshilanishi va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashda muhim omil ekanini ta’kidladi.

2017 yil 4 yanvardan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kirgani bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Uchrashuv so‘ngida yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

http://samdu.uz/assets1/plugins