Xurshida Rahmonova: "Talabalik yillarida olgan bilimlarim natijasida ko‘plab yutuqlarga erishib kelmoqdaman"

img

      Samarqand davlat universiteti jahon miqyosida o‘z o‘rniga va jahon miqyosiga ega bo‘lgan oliygohlardan biri. Qadimiy va navqiron universitetimiz o‘z tarixida ilk bor universitet kunini nishonlaydi. Albatta, o‘tmishi buyuk tarixga ega bo‘lgan ushbu oliygohda tahsil olish har bir yoshning orzusi hisoblanadi. Men ham talaba sifatida SamDU da tahsil olganimdan bag‘oyatda xursandman. Talabalik yillarimda olgan bilimlarim natijasida bugungi kunda ko‘plab yutuqlarga erishdim. Joriy yilning aprel oyida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning viloyatimizga tashrifi doirasida o‘zimning ikkita taklifimni bildirgan edim. Ushbu taklifimni qo‘llab-quvvatlanishi va ularni amalga oshirish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga berilgan topshiriqlari hali hamon ko‘z oldimdadir. Shuningdek bir necha kun avval ushbu takliflarning ijrosini o‘rganish maqsadida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning tumanimizga tashrifi hamda biz kabi yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbati ham biz uchun juda ham ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. Samarqand davlat universiteti talabasi ekanligimdan faxrlanaman.

Xurshida Rahmonova,
Samarqand davlat universiteti talabasi,
“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni sohibi