Ixtiyor Yoqubov: Turkiyada bo‘lgan paytlarimda siz qayerda o‘qigansiz deganlarida Samarqand davlat universitetida o‘qishimni doim g‘urur bilan aytardim

img

      21-sentyabr kuni Samarqand davlat universiteti tarixida ilk marotaba bayram sifatida nishonlanadi. Mening o‘n ikki yillik faoliyatim Samarqand davlat universiteti bilan bog‘liq. Bakalavriat, magstraturani shu yerda o‘qiganman va ish faoliyatimni shu yerda boshlaganman. Bu dargoh dunyoning ko‘plab oliygohlari bilan xalqaro aloqalarni olib bormoqda. Xuddi shunday ta’lim muassalaridan biri Turkiyaning Muğla Sıtkı Koçman universitetidir. SamDU sabab aynan ushbu oliygohda doktoranturada faoliyat olib boryapman. Turkiyada bo‘lgan paytlarimda siz qayerda o‘qigansiz deganlarida Samarqand davlat universitetida o‘qishimni doim g‘urur bilan aytardim. Ular esa menga havas bilan qarashardi. Bizning universitet 600 yillik tarixga ega hisoblanadi. Men universitetda faoliyat olib borganimdan faxrlanaman, g‘ururlanaman. Kelajagimni Samarqand davlat universiteti bilan bog‘laganman.

Ixtiyor Yoqubov
Samarqand davlat universiteti
filologiya fakulteti o’qituvchisi
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.