Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Russkiy Salam”

img

2017 yil 1-2 noyabr kunlari Moskva davlat mintaqaviy universitetida turkiy tillar egalariga rus tilini o‘qitish usullari bo‘yicha “Russkiy Salam” nomli elektron didaktik platformasi taqdimoti bilan xalqaro forum-ko‘rgazmasi o‘tkazildi, ushbu forumda universitetimiz o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi.
Forum-ko‘rgazmada Rossiyaning turli mintaqalaridan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Turkiyadan onlayn va ochiq suxbat tarzida jami 3000dan ortiq kishi ishtirok etdi.
Tadbir davomida M.V.Lomonosov nomidagi MDU, MPDU va MDMU yetakchi olimlari tomonidan maktab o‘qituvchilari hamda OO‘Yu o‘qituvchilari uchun mahorat darslari va malaka oshirish kurslari o‘tkazildi.
Ushbu tadbir natijasida SamDU va MDMU o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolashga kelishildi.

SamDU Xalqaro aloqalar bo'limi

http://samdu.uz/assets1/plugins