Mirzo Ulug‘bek madrasasida “Samarqandda oliy ta’lim tarixi” mavzusida ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi

img

      21-sentabr Samarqand davlat universiteti kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek madrasasida “Samarqandda oliy ta’lim tarixi” mavzusida ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

      Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov, Nobel mukofoti laureati, AQShning Shimoliy Karolina universiteti professori Aziz Sanjar, Istanbul universiteti rektori Mahmud AK, Minsk davlat lingvistika universiteti rektori Natalya Lapteva, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti birinchi prorektori Jo‘liboy Eltazarovlar ishtirok etdi.

      Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi. Bugungi sana munosabati bilan tashrif buyurgan xorijlik nufuzli mehmonlarga alohida minnatdorlik bildirdi.

      - Men Samarqandga kelganimdan hayajondaman, - deydi Istanbul universiteti rektori Mahmud AK. – Chunki bu yerdan ko‘plab jahon ilm fanining taniqli namoyandalari yetishib chiqqan.  Biz Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlikda ishlayotganimizdan xursandmiz. Turk dunyosi ilmining ildizi Samarqandga borib taqaladi.

      Tadbir universitet xiyobonida yangrayotgan kuy qo‘shiqlar va shodiyonalarga ulanib ketdi.

 

Otabek Sa’dullaev,
Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan suratlar.