Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Huquqbuzarliklar profilaktikasi jinoyatchilikning oldini oladi

img

Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-o‘qituvchilarining Rus filologiyasi va Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

«Huquqbuzarliklar profilaktikasi – davr talabi» deb nomlangan tadbirda markaz kafedra mudirlari G‘. Alimov va B. Ismoilovlarning huquqbuzarliklarning oldini olish va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashishga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglandi.

Uchrashuvda talabalarga avvalo huquqbuzarlik va jinoyat tushunchalarining farqi tushuntirib berildi, bunday noxush hollarning oldini olish uchun yoshlar avvalo o‘z huquqlarini yaxshi bilishi, qolaversa, majburiyatlari haqida ham yetarli bilimga ega bo’lishlari zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir so’ngida markaz vakillari talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdilar.

http://samdu.uz/assets1/plugins