Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

O’QISHGA MARHAMAT!

Tayyorlov markaziga o’rta maktabni tugatgan yoshlar, muddatli harbiy xizmatni o’tab kelgan fuqarolar, umumiy o’rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o’quvchilari hamda akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi kurslarida o’qiyotgan o’quvchilar shartnoma asosida qabul qilinadilar.

Tayyorlov markazi: - fizika, matematika, amaliy matematika va informatika, mexanika, iqtisodiyot, kimyo, biologiya, ekologiya, tibbiyot, geografiya, kasbiy ta’lim, filologiya, jurnalistika, tarix, huquqshunoslik, milliy g’oya va ma’naviyat asoslari, ijtimoiy ish, falsafa, rus tili va adabiyoti, boshlang’ich ta’lim, pedagogika va psixologiya, maktabgacha ta’lim, psixologiya  hamda chet tili (ingliz, nemis, fransuz tillari) mutaxassisliklari bo’yicha o’zbek va rus guruhlariga tinglovchilar qabul qiladi.

Tayyorlov markaziga kiruvchilar quyidagi hujjatlarni topshiradilar:

  • rektor nomiga ariza;
  • shartnoma (to’lov - naqd, pul ko’chirish yoki plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladi);
  • ma’lumoti haqidagi hujjat (asl nusxasi);
  • sog’ligi to’g’risidagi 086-U shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • 4 dona 3,5x4,5sm. o’lchamli surat.

Hujjat topshirishda pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorlik

To’g’risidagi hujjat shaxsan ko’rsatiladi.

Tayyorlov markaziga hujjatlar 2-oktyabrdan 25-oktyabrgacha qabul qilinib, 26-31 oktyabr kunlari  test-suhbat o’tkaziladi. Tayyorlov markazida mashg’ulotlar 1-noyabrdan boshlanadi.  Markazda o’qish muddati – 9 oy.

Darslarni universitetning mukammal tajribaga ega bo’lgan professor-o’qituvchilari olib boradilar.

Tayyorlov markazini tugatganlar O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlarining 1-kurslariga umumiy qoidalar asosida qabul qilinadi.

ESLATMA: Tayyorlov markazidagi darslar test bloklaridagi

Mutaxassisliklarga mos fanlar dasturi asosida olib boriladi.

Murojaat uchun manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15. Tayyorlov markazi dekanati (Amaliy matematika va informatika fakulteti), 25 xona.

Telefon: 239-12-94.,   (95) 500-97-03,   (90) 656-09-19.