Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

SamDU 2019 yil uchun tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSs) va mustaqil izlanuvchilik shakldagi ixtisosliklariga tanlov e’lon qiladi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to’g’risidagi” 304-sonli Qaroriga muvofiq  SamDU 2019-yil uchun tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSs) va mustaqil izlanuvchilik shakldagi quyidagi ixtisosliklariga tanlov e’lon qiladi:

Ixtisoslik shifri va nomi

  1.  

01.01.01- Matematik analiz

  1.  

01.01.02 - Differensial tenglamalar va matematik fizika

  1.  

01.01.06- Algebra

  1.  

01.02.04-Deformasiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi

  1.  

01.02.05 - Suyuqlik va gaz mexanikasi

  1.  

01.04.05 - Optika

  1.  

01.04.07- Kondensirlangan holatlar fizikasi

  1.  

01.04.09-Magnit hodisalar fizikasi

  1.  

01.04.11- Lazer fizikasi

  1.  

02.00.01 - Noorganik kimyo

  1.  

02.00.02 - Analitik kimyo

  1.  

02.00.03 - Organik kimyo

  1.  

02.00.04 - Fizik kimyo

  1.  

03.00.05 - Botanika

  1.  

03.00.06 - Zoologiya

  1.  

03.00.10 - Ekologiya

  1.  

05.01.02-Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotlarni qayta ishlash

  1.  

05.01.07- Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui

  1.  

07.00.05-Arxeologiya

  1.  

07.00.07-Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari

  1.  

08.00.05-Xizmat ko’rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti

  1.  

07.00.03-Jahon tarixi

  1.  

08.00.10-Demografiya.Mehnat iqtisodiyoti

  1.  

09.00.01- Ontologiya,  gnoselogiya va logika

  1.  

10.00.01 - O’zbek tili. O’zbek adabiyoti

  1.  

10.00.05 - Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti

  1.  

10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, tipologik va chog’ishtirma tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik

  1.  

11.00.01-Tabiiy georafiya

  1.  

13.00.01- Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment

  1.  

13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo’yicha)

  1.  

19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya

 

Samarqand davlat universiteti tayanch doktorantura (PhD)ga  

qabul qilish uchun hujjatlar

ro’yxati

  1. Ariza;
  2. Boshqa oliy o’quv yurtidan kelgan talabgorlar uchun rektor nomiga xat
  3. Ilmiy rahbarning rozilik xati.
  4. Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka);
  5. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  6. Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo’yicha) to’g’risidagi diplom nusxasi;
  7. Pasport nusxasi, rasm to’rt dona;
  8. Tavsiyanoma;
  9. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro’yxati, shuningdek ularning nusxalari;
  10. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

 

Eslatma: Tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega bo’lganlar qabul qilinadi:

  1. Magistr darajasiga yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot to’g’risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo’yicha) ega bo’lganlar;
  2. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo’lgan natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo’nalishlar bo’yicha ikkitadan kam bo’lmagan ilmiy ishlar to’plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo’lganlar.
  3. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni tugatganlar tayanch doktorantura yoki doktoranturaga qayta qabul qilinmaydi.

Samarqand davlat universiteti doktorantura (DSs)ga

qabul qilish uchun hujjatlar

ro’yxati

  1. Ariza;
  2. Boshqa oliy o’quv yurtidan kelgan talabgorlar uchun rektor nomiga xat
  3. Ilmiy rahbarning rozilik xati.
  4. Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka);
  5. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  6. Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo’lgagligi to’g’risidagi diplom nusxasi.
  7. Pasport nusxasi, rasm to’rt dona;
  8. Tavsiyanoma;
  9. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro’yxati, shuningdek ularning nusxalari;
  10. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Eslatma: Doktoranturaga quyidagilarga ega bo’lganlar qabul qilinadi:

  1. Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo’lganligi to’g’risidagi diplom nusxasi.
  2. Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so’ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo’lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo’nalishlar bo’yicha ilmiy ishlar to’plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo’lish.

        Hujjatlar 2018-yil 15-sentyabrdan - 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.

Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15,

Samaqand davlat universiteti Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi.

             Bog’lanish uchun telefon: 0366-239-12-29.