Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Јараn Education Fair - 2018” ko'rgazmasi

Nagoya Universitetining O'zbekistondagi vakolatxonasi 2018-yil 5-noyabr kuni Toshkentda "Јараn Education Fair - 2018" o'quv ko'rgazmasini o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Ko'rgazmaning maqsadi O'zbekistonning yosh fuqarolarini Yaponiya universitetlarida o'qitish imkoniyatlari, talabalar va akademik almashuv sohasida universitetlararo hamkorlikni rivojlantirishdir.

Ushbu ko'rgazmada Tokio, Doshima, Xokaydo, Hossey, Kansai, Kobe, Rimshe, Ritsumeikan, Shinshu, Toxoku, Tokio Texnologiya Instituti, Tokio Chet tillari universiteti, Toyo va Yamanashi Gakuen kabi ko'plab universitetlar ishtirok etadilar.

Ochilish soatlari: 2018 yil 5-noyabr, soat 9.30 da - ro'yxatga olish, 10.00-10.30 - tantanali ochilishmarosimi, yopilish - 17.30.

O'tkazilish joyi: Toshkent sh. Amir Temur, 107B,

Xalqaro biznes markazi, “Semurg” konferents-zali, 13-qavat

Ko'rgazmada chet ellik tadqiqotchilarga grantlar ajratish va qo'shma tadqiqot loyihalarini qo'llab-quvvatlovchi Yaponiyaning Fanni rivojlantirish bo'yicha jamiyati (JSPS) va Fizika-kimyoviy tadqiqotlar instituti (RIKEN) vakillari ham ishtirok etadi.

Xalqaroaloqalar bo’limi