Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

STEM loyihasi

Samarqand davlat chet tillar instituti Samarqand shahridagi oliy o'quv yurtlarining matematika, fizika, biologiya, kimyo, qishloq xo'jaligi, axborot texnologiyalari, muhandislik fakultetlari 1 va 2 bosqich talabalarini AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda STEM (science, technical, engineering, mathematics) loyihasi doirasida tashkil etilgan bepul ingliz tili  kurslariga taklif qilamiz.
O’quv mashg’ulotlari malakali mahalliy hamda Amerikadan kelgan o'qituvchilar tomonidan olib boriladi.

Kursga qatnashish istagida bo’lgan talabalar anketani yuklab olishlari mumkin. To’ldirilgan anketalar 2018-yil 15-noyabrdan kechiktirilmasdan intdep@samdchti.uz; otabekuz10@mail.ru electron pochta manzillariga junatilishi yoki SamDChTI xalqaro aloqalar bo’limiga taqdim etilishi lozim.

Tanlov shartlari bo’yicha ma’lumotlar taqdim etilgan anketada ko’rsatilgan electron pochta orqali xabar qilinadi.

Manba: samdchti.uz