Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Fransiyada magistratura o‘qish uchun imkoniyat!

2018-yil 13-noyabr kuni Fransiya elchixonasining Kampyus-Frans tashkiloti texnik hamkorlik loyihasi menedjeri Toma Nadjar universitetga tashrif buyuradi. 
Ushbu tashrif davomida “Fransiyada magistraturada o‘qish va tadqiqotlar o‘tkazish” mavzusida Biologiya fakultetining faollar zalida soat 10:30-12:00 gacha taqdimot o‘tkazadi va Kampyus –Frans tashkilotini grantlar dasturi bilan tanishtiradi.
Universitetning barcha professor-o‘qituvchilari, magistrant va doktorantlar, talabalarni ushbu taqdimotga taklif qilamiz.
Batafsil ma’lumotni Universitetning xalqaro aloqalar bo‘limidan olishingiz mumkin.

Xalqaro aloqalar bo‘limi