Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Kembrij universitetida Xalqaro yozgi o’quv dasturlari

Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti qoshidagi Uzluksiz ta’lim instituti Xalqaro yozgi o’quv dasturlarida o’qish uchun 2019-yil 7-iyuldan 17-avgustgacha qabul boshlanganligini ma’lum qildi.

Maqsad - turli mavzular bo’yicha 200 dan ortiq kurslarni - tarix, fan tarixi, qadimgi dunyo va o’rta asrlarning tarixi, ijodiy yozishmalar, tasviriy san’at va madaniyat, adabiyot, biznes va tadbirkorlik, huquq va huquqiy amaliyot, ingliz tili fanidan turli o’quv kurslari va ma’ruzalar tashkil etish.

Kurslar va ma’ruzalar Kembrij universiteti o’qituvchilari va boshqa mamlakatlarning universitetlari o’qituvchilari tomonidan o’tkaziladi.

Arizalarni qabul qilish muddati 2018-yil 1-dekabrdan boshlanadi. Dasturda, ishtirok etish shartlari va ariza berish bo’yicha batafsil ma’lumotni www.ice.cam.ac.uk/intsummer veb-saytidan topishingiz mumkin.