Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

O‘zbekistonlik talabalar uchun Eyfel stipendiyasi!

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi har yili chet ellik talabalar uchun Eyfel stipendiyalarini taqdim etadi. Ushbu stipendiyalar fransuz oliy o‘quv yurtlarida magistr darajasini olish va chet el oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda doktorlik qilish uchun beriladi.
Arizaningmuddati: 11-yanvar, 2019-yil
Eyfel stipendiyasi 4 ta asosiy yo‘nalishga taqdim etiladi:
- huquqshunoslik;
- iqtisodiyot va menejment;
- magistr darajasida muhandislik fanlari (fizika, kimyo, nano va biotexnologiya, ekologiya fanlari, axborotva kommunikatsiya fanlari va texnologiyalari);
- Siyosiy fanlar
Grant bo‘yicha stipendiya: 
Magistr darajasi uchun har oyda 1,181 yevro.
Doktorlik darajasi uchun oylik maoshi 1400 yevro. 
Yoshi: magistr darajasi uchun nomzodlar 30 yoshdan, doktorlik darajasi uchun 35 yoshdan oshmasligi kerak.
Til ko‘nikmalari: fransuz yoki ingliz tillari (til bo‘yicha tegishli talablarga javob berishi lozim) 
Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi saytdan bilib olishingiz mumkin:
https://scholarship-positions.com