Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Xitoy Hukumatining Grant dasturida ishtirok eting va ta’lim oling

Xi'an Jiaotong (XJTU) Xitoyning top 10 universitetiga kiruvchi boy tarixiga ega bo’lgan universitetlardan hisoblanadi. Bu universitet qadimiy qadamjoylarga boy bo’lgan Xi'an shahrida joylashgan.

Xi'an Jiaotong   universiteti  yuqori malakali professor-o'qituvchilar,  zamonaviy jihozlangan ilmiy laboratoyiyalari va ta’lim sifati bilan mashhur bo'lgan Xitoyning muhim davlat universitetidir. Xitoy hukumati horijiy talabalarni rag'batlantirish maqsadida PhD hamda Magistratura dasturlarida o’qish uchun “Xitoy hukumatining stipendiyasi” dasturini taklif etadi.

Ariza topshirish muddati: 1 noyabrdan – 15 martgacha (2019 y)

Ta’lim olish muddati:

Magistratura: 2-3 yil

Doktorantura: 3-4 yil

Agar o'quv tili xitoy tilida bo'lsa, bir yil mobaynida Xitoy tilini o'rganish imkoniyatini taqdim etiladi.

Grantlar miqdori:

  1. O'qish uchun to'lov;
  2. Yotoqxona xarajatlari;
  3. Oylik stipendiya;

Magistratura talabalari: 3000 yuan / oylik CNY;
Doktorlik darajasi: 3,500 yuanga / oyiga;

  1. Sug’urta xarajatlari.

Dastur talablari:

1. Ariza beruvchilar fuqarolik pasportiga ega bo'lgan xitoylik bo'lmagan fuqarolar bo'lishi kerak;

2. Murojaatchilar sog'lom bo'lishi kerak;

3. Magistratura uchun nomzodlar bakalavr darajasiga ega bo'lishi va 35 yoshdan kichik bo'lishi kerak, doktorlik uchun nomzodlar magistr darajasiga ega bo'lishi va 40 yoshdan kichik bo'lishi kerak;

4. Boshqa turdagi stipendiya dastulari g’oliblari qatnasha olishmaydi.

5. Hozirgi vaqtda Xitoyda o’qiydigan talabalar bu stipendiya dasturida qatnasha olishmaydi.

Dasturlar (yo’nalish) va professorlar ro'yxati:

http://sie.xjtu.edu.cn/cn/pages?cid=45&pid=34 

Dasturda qatnashish uchun kerakli hujjatlar: (Ingliz yoki xitoy tillarida)

1. Xitoy hukumatining stipendiyasi uchun ariza (Xitoy yoki ingliz tilida, CSC tizimida onlayn topshirilgandan so'ng yuklab olinadi).

2. Talabalar uchun xalqaro XJTU anketasi (XJTU tizimida onlayn ariza topshirilgandan so'ng avtomatik ravishda tuziladi)

3.  Jismoniy so’g’liq haqida ma’lumot. (Ma`lumotnoma ingliz tilida va barcha ilova qilingan hujjatlar keltirilishi shart. Ma`lumotnomalar 6 oydan oldin olingan bo’lmasligi kerak)

4. Sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma

5. Diplom (fotonushasi): Xitoy yoki ingliz tilidan tashqari boshqa tillarda hujjatlar ingliz yoki xitoy tiliga tarjima qilinib notarial tasdiqlanishi kerak.

6. Baholar ilovasi: Xitoy yoki ingliz tilidan tashqari boshqa tillarda hujjatlar ingliz yoki xitoy tiliga tarjima qilinib notarial tasdiqlanishi kerak.

7.  2 ta ingliz yoki xitoy tilida yozilgan tavsiyanoma. (Professor-o’qituvchilar tomonidan berilishi kerak).

8. O'quv rejasi: (Study Plan or Research Proposa) Ingliz yoki xitoy tillarida, magistratura dasturi bo'yicha  kamida 800ta so'z va doktorlik dasturi uchun  kamida 1500ta so'zdan iborat bo’lishi kerak.

9. Erishilgan ilmiy yutuqlarning notarial tasdiqlangan nusxasi: Arizachilar ilmiy tadqiqotlarda erishilgan yutuqlari va qobiliyatlarini isbotlash uchun e'lon qilingan ilmiy maqolalar, sertifikatlar yoki boshqa hujjatlarni topshirishlari mumkin.

10. Ingliz tilini bilish darajasi sertifikati: IELTS 5.5 va undan yuqori, TOEFL 80 va undan yuqori.

 Boshqa notarial tasdiqlangan tilni bilish sertifikatlari ham qabul qilinadi.

11.Xitoy tilini bilish darajasi sertifikati: HSK 5  180 ball va undan yuqori. Boshqa notarial tasdiqlangan tilni bilish sertifikatlari ham qabul qilinadi.

11. Pasport fotokopiyasi.

12. Ariza uchun to'lov: RMB 800.

Batafsil ma’lumot uchun http://sie.xjtu.edu.cn/en/pages?cid=20&pid=5 ga o’ting.