Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

ISLOM TARAQQIYOT BANKI GRANTI

Islom taraqqiyot banki 2019-2020-o‘quv yilida tahsil olish va tadqiqotlar o‘tkazish uchun stipendiya dasturini e’lon qiladi. Grantlar bakalavriat, magistratura, aspirantura va doktorantura bo‘yicha ta’limning turli sohalarida tadqiqotlar amalga oshirish uchun taqdim etiladi.
Grant quyidagi xarajatlarni o‘z ichiga oladi:
- o‘qitishxarajatini;
- uy-joyxarajatlarini;
- oylik stipendiyani;
- ikkitomonlama xalqaro aviachiptalarni;
- xalqaro konferensiyalarda qatnashish bilan bog‘liq xarajatlarni;
- ilmiy ishlarni yozish bilan bog‘liq xarajatlarni.
Ushbu dastur haqida batafsil ma’lumotni, ishtirok etish va arizalar topshirish shartlari haqida ma’lumotni ITB internet-saytida olish mumkin:
www.isdb.org yoki www.isdbscholarships.smartsimple.com
Tanlovda qatnashish uchun barcha kerakli ma’lumotlar ITB ga 2019-yil 28-fevralgacha onlayn tarzda yuborilishi kerak.

Xalqaro xamkorlik bo‘limi