Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Matsumae International” fondining granti

"Matsumae International" xalqaro jamg‘armasi Yaponiyada tabiiy, muhandislik, texnika fanlari va tibbiyot sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun grantlar olish uchun arizalar qabul qiladi.
Tanlovda 49 yoshgacha bo‘lgan fan nomzodi (PhD yoki unga tenglashtirilgan) darajasiga ega va ingliz yoki yapon tillarini yaxshi biladigan tadqiqotchilar ishtirok etishi mumkin.
Grant 2020-yil aprel oyidan 2021-yil mart oyigacha taqdim etiladi. Grant hisobidan xalqaro aviachipta va tibbiy sug‘urta harajatlari to‘lanadi. Shuningdek, 220 ming yen (2000 AQSh dollari) miqdorida oylik stipendiya taqdim etilishi nazarda tutilgan.

To‘ldirilgan anketalar Fondning ushbu manziliga yuborilishi kerak:
4-14-46 Kamiogi, Suginami-ku, Tokyo, 167-0043, Japan. Tel.:03-3301-7600,
Fax: 03-3301-7601. Email: contact@mif-japan.org

Hujjatlarni taqdim etishning oxirgi muddati (Fondga yetkazib berish) - 2019 yil 31-iyul.
Tanlov natijalari 2019-yil dekabr oyi oxirida e’lon qilinadi.
Dasturda ishtirok etish shartlari haqidagi batafsil ma’lumotlar quyidagi veb-saytda keltirilgan: http://www.mars.dti.ne.jp/mif/

Xalqaro hamkorlik bo‘limi