Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Latviya hukumatining xalqaro talabalar uchun stipendiya dasturi (2019-2020)

Hozirda xorijlik magistr va doktorlik darajasini Latviyada olishni istagan talabalar uchun Latviya hukumatining stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Stipendiyani chet-ellik talabalar, ilmiy izlanuvchi va o’qituvchilar olishi mumkin. Stipendiya o’qish uchun, ilmiy ish uchun va yozgi maktabda o’qish uchun beriladi (Yozgi maktablar uchun ariza topshirish oxirgi sanasi 4-may). 
Grantning manfaatli jihatlari:
•    Latviyada o’qish asosan latviya tilida, ammo bir qator universitetlar ingliz tilida o’qishni ham taklif qiladi.
•    Bakalavriat va magistratura talabalari uchun stipendiya miqdori bir oyga 550€ ni tashkil qiladi.
•    Aspirantura talabalari uchun esa oyga 670€.
•    Yozgi maktab qatnashchilari esa 711€ stipendiya bilan ta’minlanadi.
•    Ilmiy izlanuvchilarga esa 5 oy muddatida stajirovka dasturi bor (kunlik 30€, 300€ oylik stipendiya).
Arizalarni qabul qilish muddati: 2019 yil 1 aprelgacha 
Latviya davlat stipendiyasi miqdori quyidagicha:
- Bakalavriat va magistratura talabalari uchun - oyiga 500 €;
- Doktorantlar uchun - oyiga 670 €.
Latviya stipendiyasi boshqa stipendiyalar bilan bir vaqtda berilmaydi.
Ariza topshirish tartibi:
Tizimda ro'yxatdan o'tish va yagona login va parol bilan profil yaratilishi kerak. Shundan so'ng, profil orqali arizani onlayn tarzda to'ldirish va kerakli hujjatlar ilova qilinishi zarur.
Profilda quyidagi hujjatlarni yuklashni talab etiladi:
1.    Curriculum Vitae (CV)
2.    Mativatsiya xati
3.    Oliy ma'lumotli diplom va baxolar ilovasining notarial tasdiqlangan tarjimasi.
4.    2 ta ingliz tilida yozilgan tavsiyanoma. (Professor-o’qituvchilar tomonidan berilishi kerak).
5.    O'quv rejasi: (Study Plan or Research Proposa)
6.    Ingliz tilini bilish darajasi sertifikati.
7.    Pasport fotokopiyasi.
8.    Latviya oliygohlaridan biriga nomzodni qabul qilinishi to’g’risidagi xat nusxasi.
Hujjatlar ingliz yoki latviya tilida bo’lishi talab etiladi.
Dastur haqida batafsil ma’lumot