Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Phd.28.03.2018.Ped.02.05 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi 

Samarqand davlat universiteti huzuridagi falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi Phd.28.03.2018.Ped.02.05 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi 2019-yil 1-mart kuni soat 11:00 va 14:00da o‘tkaziladi.

SEMINAR MAJLISIDA QUYIDAGI DISSERTATSIYALARNING MUHOKAMASI BO‘LIB O‘TADI:

1. Narziyeva Nargiza Norkuziyevnaning “Umumta’lim maktab o‘quvchilarida tayanch kompetensiyalar asosida tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusidagi 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.

2. A’zamova Maloxat Nadjimovnaning “Maktabga tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarida do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish tizimini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.

3. Har xil masalalar.

O‘tkazilish joyi: Pedagogika fakulteti ma’naviyat xonasi.