Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Dissertatsiya muhokamasi

Samarqand Davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30.08.2018.FM/T.02.09 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi 01.02.05 – “Suyuqlik va gaz mexanikasi” ixtisosligi bo’yicha Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi 2019-yil 15-mart kuni soat 14:00 da o‘tkaziladi.

SEMINAR MAJLISIDA QUYIDAGI DISSERTATSIYALARNING MUHOKAMASI BO‘LIB O‘TADI:

1. 01.02.05 – “Suyuqlik va gaz mexanikasi” ixtisosligidan fizika-matematika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olishga talabgor Maxmudov Jamolning “Bir jinsli bo’lmagan suyuqliklarning g’ovak muhitlarda sizishining matematik modellarini takomillashtirish va tahlil qilish” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi.

2. 01.02.05 – “Suyuqlik va gaz mexanikasi” ixtisosligidan fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga talabgor Sulaymonov Fozil O’ralovichning «Agregatlangan g’ovak muhitlarda modda ko’chishining gidrodinamik masalalari» mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi.

3. Har xil masalalar.

O‘tkazilish joyi: Amaliy matematika va informatika fakulteti 5A-auditoriya