Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Samarqanda “Qozog‘iston ta’lim kunlari” ko‘rgazmasi

Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasida Qozog‘iston yili bo‘layotganligi munosabati bilan “Qozog‘iston ta’lim kunlari” tadbiri 10-21 may kunlari respublika miqyosida tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan 13-14 may (10:00-17:00 da) kunlari Samarqand shahri “Yoshlar markazi” binosida “Qozog‘iston ta’lim kunlari” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu tadbirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi oliy ta’lim tizimida hamkorlikni yanada mustahkamlash. Asosiy masalalardan biri O‘zbekiston fuqarolarini Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishidir. Ko‘rgazmada Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalari o‘zlarining taqdimotlari bilan qatnashadilar va Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun qanday talablar borligi haqida ma’lumotlar taqdim etadilar. Qozog‘istonnning 40 dan ortiq oliy ta’lim muasasalarining vakillari ishtirok etadilar. Ko‘rgazma haqida malumotlar.

Xalqaro hamkorlik bo‘limi