Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

DIQQAT E’LON!!!

Samarqand davlat universitetida 2019 yil 13-14 iyun kunlari quyidagi ilmiy seminarlar bo‘lib o‘tadi:
1. 2019-yil 13-iyun kuni soat 10:00 da SamDU Bosh bino faollar zalida Springerlink platformasidan foydalanish tartibi, ilmiy tadqiqot uchun ilmiy jurnallarni to‘g‘ri tanlash masalalari, ilmiy maqolalarni yozish va uni rasmiylashtirish tartibi hamda uni nufuzli xorijiy jurnalda chop ettirish, monografiya yozish va uni Springer Nature da chop ettirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tadi. Seminarda TATU professori M.Raxmatullayev va Springer Nature kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili I.A.Aleksandrovaning ma’ruzalari tinglanadi.

2. 2019-yil 14-iyun kuni soat 10:00 da Biologiya fakulteti faollar zalida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Niderlandiyaning “Elsevier” kompaniyasining tahliliy masalalari bo‘yicha yetakchi eksperti Andrey Loktev ishtirokida SciVal axborot tahliliy vositasi orqali tadqiqot natijalarini vizuallashtirish, strategik sheriklikni rivojlantirish, ta’lim muassasalari rivojlanishning zamonaviy tendensiyalarini aniqlash va tahlil etish, tizimda hisobotlarni yaratitish imkoniyatlarini o‘rganish, xalqaro ilmiy axborotlar manbasidan foydalanish, ilmiy tadqiqotlar sohasida samaradorlikni oshirish, pirovardida universitetlarning xalqaro global reytingga kirish imkoniyatlari masalalarga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tadi.

Barcha OTM professor-o‘qituvchilarini, doktorantlarini hamda mustaqil izlanuvchilarini ushbu seminarlarga taklif etamiz!!!