Samarqand davlat universitetiga 1420 yilda asos solingan

E’lon

Italiyaning Insubria universiteti Gumanitar fanlar, innovatsiya va hududiy fanlar kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor Paolo Bernardini 2020-yil fevral oyida Samarqand davlat universiteti tarix fakultetida “Portugaliya imperiyasining Fors ko’rfazidan Singapurgacha bo’lgan yo’lida” (On the Route of the Portuguese Empire from the Persian Gulf to Singapore) mavzusida mashg’ulotlar o’tkazadi. Dars mashg’ulotlarida XV asrdan to bugungi kungacha Fors ko’rfazidan Singapurgacha bo’lgan dengiz yo’lida joylashgan shahar va davlatlarning tarixi va buguni haqida to’xtalib o’tiladi. Jahon tarixining yangi va eng yangi zamon davri hamda mazkur davrlardagi iqtisodiy jarayonlar va xalqaro munosabatlar tarixi bilan qiziquvchilarni taklif etamiz.

Dars mashg’ulotlarining sanasi ma’lum qilinadi.