Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

O‘QISHINI XORIJDAN KO‘CHIRGAN TALABALAR DIQQATIGA!!!

Samarqand davlat universiteti rektorining 2020 yil 11 martdagi farmoyishi bilan qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan universitetga o‘qishini ko‘chirgan talabalarga darslarga qatnashishga ruxsat berilgan.

Unutmang. Mazkur farmoyish bilan mazkur talabalarga barcha me’yoriy hujjatlar (qo‘shni mamlakat OTMlarida haqiqatda o‘qiganligi to‘g‘risidagi) ning asl nusxalarini topshirishlari shart ekanligi, ularning to‘liq o‘rganilib chiqilishi (qo‘shni mamlakatlar OTMlariga so‘rov xatlari jo‘natish orqali), hujjatlar to‘liq o‘rganilgandan so‘ng, belgilangan talablarga javob bera oladigan hujjatlarga ega bo‘lgan talabalarga shartnoma pulini to‘lashga ruxsat berilishi hamda universitet talabalari safiga qabul qilish buyrug‘i chiqarilishi belgilab berilgan.

Sizlarga darslarga qatnashishga ruxsat farmoyishining mavjudligidan kelib chiqqan holda, koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin munosabati bilan masofaviy ta’lim olish maqsadida shakllantirilgan SAMDU_SIRTQI (XORIJDAN KO‘CHIRGANLAR UCHUN) Telegram kanali orqali mashg‘ulotlarda ishtirok etish tavsiya etiladi.

Telegram kanaliga a’zo bo‘lish uchun Universitet Sirtqi bo‘limi xodimlariga ( +998915327265,  +99897-9267172) murojaat qiling.