Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Yoshlar - bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchidir” mavzusidagi ijodiy maqolalar tanlovi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abduganiyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to’g’risida”gi 2017 yil 27 noyabrdagi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash,  Islom Karimovning ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo’lidagi tarixiy xizmatlarini inobatga olib hamda u kishining xotirasini abadiylashtirish maqsadida tarix fakulteti talabalarining “Yoshlar - bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchidir” mavzusidagi  ijodiy maqolalar tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlovda tarix fakulteti barcha kurslarining talabalari o’z ijodiy maqolalarini o’zbek, rus yoki chet tillarida taqdim etishlari mumkin. Maqolalar turli hajmda va e’lon qilingan umumiy mavzu doirasida bo’lishi lozim.               

Eng yaxshi ijodiy maqolalar to’plamining chop etilishi rejalashtirilgan.

Maqolalar elektron va qog’oz variantida qabul qilinadi.

Muddati – 2018 yil 15 yanvargacha.

Tanlov masalalari bo’yicha tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasiga dos.D.N.Radjabova (tel. 239 18 86) yoki mag.N.Xushvaqtovga (tel. +99899 593 24 95, +99893 345 49 36 nxushvaqtov1995@mail.ru) murojaat qilish mumkin.