Samarqand davlat universitetiga 1420 yilda asos solingan

Nufuzli universitetlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan xorijiy qo’shma ta’lim dasturlariga o’qishga taklif etamiz!!!

Hurmatli abituriyentlar!

Samarqand davlat universitetida xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetiga 2020-2021 o’quv yili uchun qabul jarayoni boshlanganligini ma’lum qilamiz.

Ushbu fakultetda 2020-2021 o’quv yilida Xitoy, Janubiy Koreya, Isroil, AQSh va Rossiya kabi rivojlangan davlatlar yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda 8 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va 11 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha ta’lim olib boriladi.

Fakultetda Tarix (Buyuk ipak yo’li tarixi), Amaliy matematika, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo’nalishlar bo’yicha), Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (tarmoqlar bo’yicha), Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi, Maktabgacha ta’lim, Raqamli iqtisodiyot (sohalar va tarmoqlar bo’yicha), Iqtisodiyot (sohalar va tarmoqlar bo’yicha) bakalavr ta’lim yo’nalishlari bo’yicha xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlanadi.

Magistraturada quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlanadi: Mexatronika va robototexnika, Mashinashunoslik, Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar, Biologiya (Ixtiologiya va gidrobiologiya), Ekologiya (Yaylov ekologiyasi), Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha), Geografiya (o’rganish obyekti bo’yicha), Korporativ moliya va qimmatli qog’ozlar bozori (sohalar bo’yicha), Inson resurslarini boshqarish, Lingvistika: rus tili, Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti magistratura mutaxassisliklari bo’yicha xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlanadi.

Shansi Normal universiteti, Xitoy

Xolon texnologiya instituti, Isroil

Fakultetda o’qish jarayoni ingliz va rus tillarida olib boriladi.  Bakalavriat yo’nalishining birinchi ikki yili va magistraturaning birinchi yilini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar keyingi bosqichda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o’qishni davom ettiradilar. Xorijiy universitetlarda o’qishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar SamDU va xorijiy hamkor universitetlarning ikki tomonlama diplomiga ega bo’ladilar.

Abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish universitetning www.fiep.admission.samdu.uz veb-saytida onlayn tarzda amalga oshiriladi. Mazkur veb-saytda barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha to’liq ma’lumotlar taqdim etilgan. Hujjatlar 2020 yilning 20 iyuliga qadar qabul qilinadi.

            Ma’lumot uchun telefonlar: +998 93 835 01 27 

            Telegram kanali: https://t.me/fiep_admission_samduuz

 

Samarqand davlat universitetining 2020/2021 o’quv yili qabuli uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo’shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash bo’yicha to’lov-kontrakt asosida QАBUL KOʼRSАTKICHLАRI