Samarqand davlat universitetiga 1420 yilda asos solingan

DIQQAT E’LON!!! Qo’shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan o’qishini ko’chirgan fuqarolar diqqatiga!!!

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 apreldagi 87-03-1408 sonli xatiga binoan, fuqarolarning qo’shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida kamida oxirgi bir semestrda o’qishi respublika oliy ta’lim muassasasiga ko’chirilayotgan ta’lim yo’nalishiga mazmunan mos (turdosh) ta’lim yo’nalishida to’liq o’qiganlik to’g’risidagi hujjatlarni batafsil tekshirish va haqiqatda o’qiganligini aniqlash maqsadida qo’shni davlatlardagi muayyan oliy ta’lim muassasalariga so’rovnomalar yuborilgan. Qo’shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari tomonidan  ushbu so’rovnomalarga tasdiq javobi yuborgan talabalari ro’yxati quyidagi (To’lov-shartnomani amalga oshirishga ruxsat berilgan talabalar ro’yxati.pdf) faylda keltirilgan.

Eslatma: ilovada ko’rsatilgan ro’yxatni tekshirasiz, agar ro’yxatda ism familiyangiz bo’lsa shartnoma blankasi (To’lov shartnoma.pdf) faylini yuklab olasiz va blankada ko’rsatilgan bo’sh joylarni ketma-ket tartib bilan to’ldirasiz. Ro’yxatdagi birinchi ustun Sizning shartnoma raqamingiz va qolgan ma’lumotlarning barchasini ket-ketlik bilan yozib chiqasiz va shartnomada ko’rsatilgan hisob raqamga to’lov-shartnoma pullarini to’laysiz. To’lov haqidagi kvitansiya yoki memorial orderni va pasport nusxasini telegram raqami (93) 996-35-78 ga jo’natasiz.