2020/2021 o‘quv yilida Samarqand viloyatidan o‘qishga qabul qilingan talaba-yoshlar bilan O‘zMU qabul komissiyasi va professor-o‘qituvchilarining tanishuv darslari bo‘ladi.

2020/2021 o‘quv yilida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga Samarqand viloyatidan o‘qishga qabul qilingan (kunduzgi, kechki, sirtqi) talaba-yoshlar bilan O‘zMU qabul komissiyasi va professor-o‘qituvchilarining tanishuv darslari bo‘ladi.
Tanishuv darslarida talabalar O‘zbekiston Milliy universitetining tarixi, tarkibiy tuzilmalari, ta’lim-tarbiya sohasidagi shart-sharoitlari, o‘quv jarayonini tashkil etilishi, masofaviy ta’lim, kredit-modul tizimi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
Uchrashuv joyi: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15, Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti 1-qavat, 61-62-63 o‘quv xonalari (soat 900-1600).
Tanishuv darslariga kelish tartibi:
2020 yil 14 oktyabr kuni - Samarqand shahri, Samarqand, Tayloq, Urgut, Qo‘shrabot, Ishtixon, Jomboy, Kattaqo‘rg‘on, Narpay tumanlari talabalari.
2020 yil 15 oktyabr kuni – Nurobod, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Paxtachi, Payariq, Bulung‘ur tumanlari.

Talabalikka qabul qilinganlar ONLINE topshirgan hujjatlarining asl nusxalarini olib kelishlari so‘raladi.

Murojaat uchun telefonlar:
+99890-938-19-58, Obidjon Zikirov, fakultet dekani;
+99890-912-09-63, To‘lqin Eshbekov, kafedra mudiri.

O‘zMU qabul komissiyasi