Qozog’istonning “Baloniya jarayoni” dagi ishtirokining 10 yilligi va  “Tempus” va “Erasmus+” dasturlaridagi ishtirokining 25 yilligiga bag’ishlangan onlayn forum

Qozog’iston Respublikasi Ta’lim va Fan vazirligi joriy yil 20-21 oktyabr kunlari Qozog’istonning “Baloniya jarayoni”dagi ishtirokining 10 yilligi va  “Tempus” va “Erasmus+” dasturlaridagi ishtirokining 25 yilligiga bag’ishlangan onlayn forum tashkil etilmoqda.

Unda Markaziy Osiyo ta’lim tizimini rivojlantirish, mintaqaviy hamkorlikni mustaxkamlash  hamda OTMlarning avtonom ravishda faoliyat ko’rsatishi, talaba va xodimlarning pandemiya sharoitidagi mobilligi, tibbiyot va muxandis sohalarida kadrlar tayyorlash tajribasi va qator boshka mavzular muhokamasi rejalashtirilgan.

Onlayn Forumda ko’plab xorijiy ekspertlar, Yevropa Komissiyasi, Yevropa Kengashi, Boloniya jarayoni kotibiyati vakillari hamda Markaziy Osiyo oliy ta’lim muassasalari ishtirok etadilar.

Onlayn forumda ishtirok etish uchun quyidagi link orqali 15 oktyabr kuniga qadar ro’yxatdan o’tish talab etiladi.

https://goo.su/2fWu